Rossiya va Saudiya Arabistoni energetika vazirlari neft bozoridagi narxlarni barqarorlaştiriş böyiça hamkorlik bayonotini imzolagan. Bu haqda RIA Novosti xabar tarqatgan.
Bayonot Rossiya energetika vaziri Aleksandr Novak va Saudiya Arabistoni qirolligi sanoat va mineral resurslari vaziri Xolid ibn Abdul Aziz al-Falah tomonidan imzolangan.
Tomonlar boşqa neft işlab çiqaruvçilar bilan bozordagi barqarorlikni ta'minlaş uçun hamkorlik qilişga kelişişgan.
«Bundan taşqari, vazirlar neft bozoridagi vaziyat böyiça maslahatlaşuvlar ötkazişga hamda neft bozoridagi holatni yoritib boriş uçun monitoring işlarini olib boruvçi işçi guruh taşkil qilişga kelişib olişgan», — deyilgan xabarda.
4 sentabr kuni Vladimir Putin G20 sammiti doirasida Saudiya Arabistoni valiahd şahzodasi örinbosari Muhammad bin Salmon bilan uçraşgan, şahzoda Saudiya Arabistoni va Rossiya örtasidagi hamkorlik ikki mamlakatga ham «kelgusida neft bozoridagi voqealar rivojidan köplab naf olişga erişiş»ga imkon berişiga işonç bildirgandi.
5 sentabr kuni ICE birjasida noyabrda yetkazib beriladigan Brent turidagi neft qiymati 5 foizdan oşiqroq qimmatlab, bir barreli uçun 49,38 dollarga yetdi.












