Moskvaning Altufevo şossesidagi bosmaxona boş direktori 17 kişining ölimiga sabab bölgan yonğinga javobgar şaxs sifatida qölga olingan. Bu haqda RIA Novosti agentligi xabar tarqatgan.
"Sergey Moskvin tegişli tartibda hibsga olindi", degan sudya Tatyana Sokolova.
Bundan oldinroq, fojiali yonğin röy bergan bosmaxona rahbariga qidiruv e'lon qilingani haqida xabar berilgandi. U yonğin xavfsizligi tartiblariga rioya etmaganlikda ayblangan.
Moskvaning Altufevo şossesida joylaşgan «Peçatniy ekspress» MÇJ bosmaxonasiga qaraşli omborda 27 avgust, şanba kuni ertalab röy bergan yonğin oqibatida 17 kişi halok böldi. Ulardan 3 nafari Rossiya fuqarosi, qolgani qirğizistonliklar edi.












