27-oktabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda köçada bir kişi yonib ketgani va atrofdagilar olovni öçirişga urinayotgani aks etgan video tarqaldi.
Xabarlarda transformatorda röy bergan portlaş oqibatida köp qavatli uy elektrsiz qolgani, jabrlanuvçi esa oğir ahvolda şifoxonaga olib ketilgani aytilgan.
«Toşkent şahar elektr tarmoqlari» uşbu xabar yuzasidan munosabat bildirib, yonğin Mirobod tumani Nukus köçasida joylaşgan Parkwood turar joy majmuasidagi transformator punktida yuz berganini maʼlum qildi.
Korxona maʼlumotlariga köra, uşbu transformator punkti «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Toşkent şahri hududiy filiali balansida turmaydi.
Dastlabki maʼlumotlarga köra, yonğin transformatorda taʼmirlaş işlari olib borilayotgan vaqtda fazalararo qisqa tutaşuv natijasida sodir bölgan.
Xabarda videoda aks etgan şaxs tuman elektr korxonasi xodimi emasligi, taʼmirlaş işlari isteʼmolçiga xizmat körsatuvçi xususiy korxona xodimlari tomonidan amalga oşirilgani qayd etilgan.
Toşkent şahri hokimligi esa «ikki nafar yigit turli darajadagi kuyiş jarohatlarini olgani, ularga tibbiy yordam körsatilayotgani» haqida xabar bergan.
Jabrlanganlarning ahvoli haqida maʼlumot berilmagan.

















