Özbekiston prezidenti 2-noyabr kuni imzolagan qonun bilan, yonğinga yöl qöyganlik uçun tovon undiriş mexanizmi joriy etilmoqda.

Bunda yonğin xavfsizligi qoidalarini buziş oqibatida inson hayoti yoki soğliğiga zarar yetkazgan şaxsdan moddiy va maʼnaviy zararni qoplaş bilan birga, sud qarori asosida jabrlanuvçi foydasiga qöşimça tovon ham undirilişi mumkin.

Yangi qonunda belgilangan norma quyidagiça:

Yonğin xavfsizligi qoidalarini buziş natijasida kelib çiqqan yonğin oqibatida odamlarning hayoti va (yoki) soğliğiga zarar yetkazilgan taqdirda, zarar yetkazuvçining zimmasiga zararning örnini qoplaşdan taşqari tovon tölaş majburiyati sud tomonidan yuklatilişi mumkin.

Tovon:

  • jabrlanuvçi vafot etgan taqdirda - bazaviy hisoblaş miqdorining 3000 baravarigaça miqdorda;

  • jabrlanuvçi I guruh nogironi bölib qolgan taqdirda - bazaviy hisoblaş miqdorining 1500 baravarigaça miqdorda;

  • jabrlanuvçining soğligiga boşqaça tarzda şikast yetkazilganda - bazaviy hisoblaş miqdorining 600 baravarigaça miqdorda tayinlanadi.

Maʼlumot uçun, BHM hozirda 440 ming sömni taşkil etadi va uning 3000 baravari 1,32 mlrd söm, 1500 baravari 660 mln söm, 600 baravari 264 mln sömga teng.

Qonun 2027-yil 5-fevraldan kuçga kiradi.