6 sentabr kuni JÇ-2018 saralaşi doirasida Osiyo qit'asidagi bahslar davom etdi. A va V guruhlarida ikkinçi tur öyinlaridan keyin Özbekiston, Saudiya Arabistoni va Avstraliya terma jamoalari yöqotişlarsiz borişmoqda.

«A» guruhida Özbekiston 6 oçko bilan yaqqol yetakçi. Özbekiston milliy terma jamoasi 2-turni safarda Qatar terma jamoasiga qarşi ötkazdi va 1:0 hisobidagi ğalaba bilan qaytdi.

«A» guruhidagi dastlabki öyinda Xitoy terma jamoasi Eronni qabul qilgan, uçraşuvda hisob oçilmagandi. Neytral maydonda ötkazilgan Suriya — Janubiy Koreya bahsi ham 0:0 hisobidagi durang bilan tugagan.

Özbekistonlik futbolçilar JÇ hal qiluvçi saralaş bosqiçini öz tarixida birinçi marta ketma-ket 2 ğalaba bilan boşlaşdi. 1-turda Samval Babayan qöli ostidagi jamoa Suriyani xuddi şunday hisobda mağlub etgandi.

Ayni vaqtda guruhda Eron va Janubiy Koreya terma jamoalari 4tadan oçko bilan 2-3 örinlarni bölişib turibdi. Xitoy va Suriyada bittadan oçko mavjud. Hali oçko olmagan Qatar oxirgi örinda.

«V» guruhini esa Avstraliya va Saudiya Arabistoni terma jamoalari boşqarmoqda. Avstraliya 2-turda Keyxillning goli evaziga BAAni, Saudiya Arabistoni esa öyinning oxirida 2 marta penaltidan gol urib Iroqni mağlub etdi.

Tailandga safar qilgan Yaponiya 2:0 hisobida ğalaba qozondi.

Bu guruhda Saudiya va Avstraliyadan keyin 3 oçko töplagan holda Yaponiya va BAA joylaşgan. Iroq va Tailand hali oçko olmadi.

Ma'lumot uçun, saralaş bahslari yakuniga köra, guruhda dastlabki ikki örinni egallagan terma jamoalar 2018 yili Rossiyada böladigan futbol böyiça jahon çempionatiga töğridan-töğri yöllanma oladi, 3-örin egasi esa pley-off bahslarida qatnaşadi.