Ma’lum qilinishicha, loyihalarni qabul qilish bosqichi joriy yilning 15-iyulidan 3-avgustigacha davom etdi. Ushbu muddat ichida fuqarolar tomonidan jami 23 551 ta loyiha taqdim etildi.
Endi 4-avgustdan 18-avgustgacha mazkur tashabbuslar belgilangan mezonlar asosida saralab chiqiladi.
Mutasaddilar fuqarolarni o‘z hududlaridagi muammolarni hal etishga qaratilgan tashabbuslarda faol ishtirok etishga chaqirdi. «Tashabbusli byudjyet» loyihasi aholiga mahalliy ahamiyatga ega masalalarni hal etishda bevosita ishtirok etish imkonini beradi.











