Kamida 21 kişi Hindistonda, Orissa ştati hududidagi köprikdan avtobus jarga qulaşi oqibatida halok bölgan. Şuningdek, 29 kişi hodisa oqibatida jarohatlangan. Bu haqda mahalliy naşrlar xabar tarqatdi.

Hodisa mahalliy vaqt bilan soat 10:00da, Angul okrugi hududida röy bergan. Içida 50 kişi bölgan avtobus köprikdan 20 m pastlikka qulagan. 14 kişi voqea joyida, yana 7 kişi şifoxonaga olib borilgaç halok bölgan.

Bu avtobus Baudxdan Atxmalikka qatnovni amalga oşirayotgandi. Dastlabki ma'lumotlarda aytilişiça, haydovçi boşqaruvni yöqotişi oqibatida mazkur fojiali yöl transport hodisasi röy bergan.

Qayd etiş kerakki, me'yoridan ortiq darajada yölovçi minişi oqibatida Hindistonda tez-tez yöl transport hodisalari röy berib turadi. Rasmiy statistik ma'lumotlarga köra, har kuni avariyalar oqibatida mamlakatda örtaça 400 kişi halok böladi. Ötgan yilda YTHlar oqibatida Hindistonda 150 mingga yaqin kişi qurbon bölgan.