Bolgariya janubi-şarqida, Yambol oblastining Zimnitsa qişloği yaqinida quyuq tuman tufayli önlab avtomobillar iştirokida yöl-transport hodisasi röy berdi. Avariya oqibatida 12 kişi halok bölib, 50 ga yaqin kişi jarohat olgan.
Soğliqni saqlaş vaziri Katya Ivkovaning sözlariga köra, 11 kişi voqea joyida halok bölgan, yana bir jabrlanuvçi kasalxonada vafot etgan.
Bu mamlakatda sönggi yillarda röy bergan eng ajalvor yöl-transport hodisasiga aylandi.
YTH 10-noyabr kuni tongida «Frakiya» trassasida sodir böldi. Associated Press agentligi maʼlumotiga köra, töqnaşuvda 86 ta transport vositasi iştirok etgan, ular orasida köplab yuk maşinalari ham bor.
Dastlabki maʼlumotlarga köra, yirik avariyaga tuman tufayli köriniş yomonlaşgani va bunday şaroit uçun juda yuqori tezlik sabab bölgan. Bolgariya içki işlar vazirligi boş kotibi Lyubomir Nikolov maʼlum qilişiça, birinçi töqnaşuv Burgas şahri yönalişidagi yölakda yuz bergan, u yerda yuk maşinasi avtobus yölini tösib qöygan.
Keyinçalik uning ortidan buğdoy taşuvçi yuk maşinasi YTHga uçragan, söngra mazkur yuk maşinasi ortidan yengil avtomobil kelib urilgan.
🎗 Sʼboleznovaniya kʼm blizkite na zaginalite! 🎗 Yekipi na Bʼlgarskiya Çerven krʼst ot Sliven i Yambol okazvat pʼrva dolekarska pomoşç i psixosotsialna podkrepa i predostavyat voda i xrana na nujdayeşçite se, sʼobşçixa ot organizatsiyata. V gotovnost sa i yekipi ot sʼsednite oblasti. Ot BÇK izrazixa sʼboleznovaniya na blizkite na zaginalite i sʼobşçixa, çe yekipite im şçe ostanat na myasto, dokato ima nujda ot pomoşç. Organizatsiyata prizova şoforite da izpolzvat vʼvedenite obxodni marşruti i da spazvat ukazaniyata na „Pʼtna politsiya“. #traur #magistrala #Trakiya #jertvi #katastrofi #pʼtişça
- grad Sofiya (@sofiagrad) November 10, 2026
Guvohlarning sözlariga köra, yölda köriniş masofasi taxminan 70−80 metrni taşkil etgan, biroq YTH joyida köriş masofasi birdaniga 10 metrgaça tuşib ketgan.
Ikkinçi YTH Sofiya şahri tomon harakatlaniş yölagida yuz bergan bölib, unga ham katta ehtimol bilan tuman sabab bölgan. Bundan taşqari, haydovçilarning eʼtiborini birinçi avariya çalğitgan bölişi ham mumkin.














