Toşkent şahar transport va yöl-transport infratuzilmasini rivojlantiriş boş boşqarmasi ijtimoiy tarmoqlarda bildirilgan eʼtirozlarga rasmiy munosabat taqdim etdi.

Boşqarma maʼlumotiga köra, hozir Şahrisabz, Amir Temur şohköçasi va Yangi Sergeli köçalarida jamoat transporti uçun alohida ajratilgan yölaklar - BRT taşkil etiş hamda kapital taʼmirlaş işlari olib borilmoqda. Işlar qamrab olgan qismlarning umumiy uzunligi 5,09 kilometrni taşkil etadi.

Xususan, quriliş-montaj işlari quyidagi qismlarda amalga oşirilmoqda:

  • Şahrisabz köçasida - 1 kilometr;

  • Amir Temur şohköçasida - 2,73 kilometr: birinçi bosqiçda 1,43 kilometr, ikkinçi bosqiçda 1,3 kilometr;

  • Yangi Sergeli köçasida - 1,36 kilometr.

Quriliş sabab ayrim yöl qismlarida transport harakatiga vaqtinçalik çeklovlar joriy etilgan. Bu şaharning qator köçalarida tirbandliklar ortişiga olib kelmoqda.

Ayniqsa, ertalabki va keçki tiğiz soatlarda avtobuslar belgilangan jadval va qatnov oraliğiga rioya qilişda keçikmoqda. Natijada ayrim yönalişlarda avtobuslar orasidagi vaqt uzayib, yölovçilar bekatlarda köproq kutişga majbur bölmoqda.

Boşqarma quriliş işlari tugab, yöllarda odatiy harakat tiklangaç, tirbandliklar kamayişi va avtobuslar qatnovi belgilangan jadval asosida barqarorlaşişini bildirdi. Rasmiy munosabatda işlarni yakunlaşning aniq muddati keltirilmagan.