«Özbekiston havo yöllari»ning Boeing 787-8 samolyoti Olmaota aeroporti qabul qilgan ilk Dreamliner böldi.

Milliy aviakompaniyaning «Orzu layneri» 9 sentabr kuni soat 19:00da Toşkent aeroportidan uçib, Qozoğistonning Olmaota şahri aeroportiga muvaffaqiyatli ravişda qöndi.

Aviakompaniya matbuot xizmati ma'lum qilişiça, yangi laynerni Özbekistonning Qozoğistondagi elçixonasi xodimlari, aeroport rahbariyati, mahalliy vazirlik va idoralar, OAV vakillari kutib olgan.

«Olmaota xalqaro aeroporti Boeing-787-8 Dreamliner rusumidagi samolyotni ilk marotaba qabul qildi va xizmat körsatdi», — deyilgan xabarda.

Eslatib ötamiz, «Özbekiston havo yöllari» milliy aviakompaniyasi yangi Boeing-787-8 Dreamliner samolyotini 5 sentabridan boşlab ekspluatatsiya qila boşladi. 

5—6 sentabr kunlari yangi layner «Toşkent — Urganç», «Urganç — Buxoro», «Buxoro — Toşkent» yönalişlari böylab parvozlarni amalga oşirdi.

Dreamliner 7 sentabr kuni ilk bor Navoiyga, 9 sentabr kuni Nukusga uçdi.