«Özbekiston havo yöllari» milliy aviakompaniyasi 18 may kuni Toşkent—Riga—Nyu-York—Toşkent yönalişida Boeing 787 Dreamliner samolyotida ilk parvozni amalga oşirdi. Bu haqda aviakompaniya matbuot xizmati xabar bermoqda.
Samolyot mahalliy vaqt bilan soat 04-40da Toşkent xalqaro aeroportidan havoga kötarilib, belgilangan manzillarga muvaffaqiyatli qöngan.
Samolyotda 238 nafar yölovçi bölib, ulardan 59 nafari Rigada qolgan, yana 179 kişi Nyu-Yorkka parvozni davom ettirgan.
Yölovçilar yangi Boeing-787 Dreamliner laynerida mavjud bölgan barça qulaylik va xizmat körsatişni yuqori baholaşgan.

Boeing 787 samolyotlarining mazkur yönalişda ekspluatatsiya qilinişi yölovçilarga Rigaga 20-30 daqiqa, Nyu-Yorkka esa bir soat oldin yetib boriş imkonini berdi.
Nyu-Yorkka Dreamliner’da uçiş vaqti 12 soatni taşkil etadi, Toşkentga qaytiş esa 11 soat vaqt oladi.
Eslatib ötamiz, «Özbekiston havo yöllari» Boeing 787 Dreamliner samolyotlarining tijoriy ekspluatatsiyasini ötgan yilning sentabr oyidan boşlagandi. Bugungi kunda ular orqali Dubay, Istanbul, Tel-Aviv, Seul, Frankfurt, Moskva, Kuala-Lumpur va Singapur şaharlariga qatnovlar muvaffaqiyatli amalga oşirilmoqda.
Şu yil 27 iyulida esa milliy aviataşuvçi ilk marta «Orzu layneri»da Toşkentdan Nyu-Yorkka töğridan-töğri uzluksiz parvozni bajaradi. Şuningdek, milliy aviakompaniya Riga orqali AQŞga haftasiga bir martalik qatnovlarni saqlab qoladi.

















