Yaponiya boş vaziri Sindzo Abe Kubaga taşrif buyuradigan birinçi Yaponiya boş vaziri böladi. Bu haqda Yaponiya hukumati boş kotibi Yosixide Suga ma'lum qildi.
Amaldorning aytişiça, Abe taşrif davomida Kuba yetakçisi Raul Kastro bilan ikki tomonlama munosabatlarni çuqurlaştirişni muhokama qiladi.
"Yaponiya hukumati yapon firmalariga AQŞ bilan diplomatik munosabatlarning tiklanişidan keyin ham davlat, ham xususiy sektorlarda investitsiyalarning ajoyib obekti bölgan Kubada bölişni kengaytirişda yordam berişga umid qilmoqda", deb aytdi Suga.
AQŞ va Kuba munosabatlarining yaxşilanişi 2014 yil 17 dekabrda e'lon qilingan. 2015 yil 20 iyulda ikki davlatda AQŞ va Yaponiya elçixonalari oçilgandi.
2016 yil 20 mart kuni 88 yil içida birinçi marta Kubaga AQŞ prezidenti taşrif buyurdi. Obamagaça Kubada 1928 yilda AQŞning 30-prezidenti Kalvin Kulij bölgan.












