Turkiya harbiy havo kuçlari 18 sentabr, yakşanba kuni Suriya şimolidagi IŞID terrorçilik taşkiloti pozitsiyalariga zarbalar berdi. Bu haqida Turkiya mudofaa vazirligi xabar berdi. 

Manbaga köra, terrorçilarning boşpanalari, qurol-yaroğ ombori va ştabiga qarata aviazarbalar berilgan. Qança jangari yöq qilinganiga doir ma'lumot berilmagan. 

Turkiya 24 avgustda öz çegarasida "xavfsizlik hududi"ni yaratiş maqsadida "Frot qalqoni" operatsiyasini boşlagan va Suriyaga zirhli birliklar hamda maxsus kuçlarning bir qismini olib kirgan. Hozirda turk harbiylari hamda "Suriya erkin armiyasi" tuzilmasi Aazaz va Jarablus çegara şaharlari örtasidagi 90 kilometrli hududni nazorat ostiga olişgan.