Yangi meva-sabzavot, uzum va poliz mahsulotlarini eksport qiluvçi Özbekiston korxona va taşkilotlari uçun valyuta tuşumini majburiy tartibda sotiş miqdori ikki barobarga kamaytirildi. Prezident v. b. Şavkat Mirziyoyev şu haqdagi qarorni imzoladi, deya xabar qilmoqda Gazeta.uz sayti
Hujjatga muvofiq, 20 sentabrdan boşlab taşkiliy-huquqiy şakli va idoraviy mansubligidan qat'i nazar, eksport qiluvçi korxona va taşkilotlar, şu jumladan, mikrofirmalar, kiçik korxonalar, fermer va dehqon xöjaliklari yangi meva-sabzavot, uzum va poliz mahsulotlarini eksport qilişdan tuşadigan valyuta tuşumining 25 foizini belgilangan tartibda majburiy sotişni amalga oşiradi. Bungaça esa mazkur körsatkiç 50 foizni taşkil etar edi.
Qarorda yangi, quritilgan va qayta işlangan meva-sabzavot, uzum va poliz mahsulotlarini eksportga yetkazib beriş yuklab jönatiladigan mahsulot qiymatining kamida 30 foizini oldindan tölaş şartlarida amalga oşirilişi ham közda tutilgan. Qolgan qismi uçun tasdiqlangan bank akkreditivi oçiladi yoxud birinçi klassli xorijiy bank kafolati rasmiylaştiriladi.
«Özagroeksport» ixtisoslaştirilgan taşqi savdo kompaniyasiga yangi, quritilgan va qayta işlangan meva-sabzavot, uzum va poliz mahsulotlarini işonçli va uzoq muddatli şeriklar bölgan yetakçi xorijiy taşkilotlar, import qiluvçilar (Vazirlar Mahkamasi karorlari bilan tasdiqlanadigan röyxat böyiça) manziliga çiqariş va sotiş huquqi berildi.












