Xitoy şarqidagi Şandun viloyatidagi Yantay şahrida joylaşgan kimyo zavodida yuz bergan portlaş oqibatida 4 kişi halok böldi. «Sinxua» agentligining ma'lum qilişiça, yana 4 kişi jarohatlangan.
Agentlik ma'lumotiga köra, Wanhua kompaniyasiga tegişli zavodda ötkazilgan reja böyiça texnik körik vaqtida resiver (bosim ostidagi texnik idiş) portlab ketgan.
Hodisa atrof-muhitga zararli moddalarning çiqib ketişiga sabab bölmagani aytilmoqda.
Jabrlanganuvçilar şifoxonaga olib borilgan.
Politsiya hodisa yuzasidan suriştiruv olib bormoqda.
Bu korxona quriliş işlarida gidroizolyatsiya jarayonida qöllanadigan asosiy modda hisoblanuvçi penopoliuritan işlab çiqariş bilan şuğullanadi.
Xitoyda texnogen avariyalar tez-tez röy berib turadi. 18 sentabr kuni Xitoy ğarbidagi Tsinxay viloyatida joylaşgan sement zavodida yuz bergan portlaş oqibatida olti kişi halok bölgandi. Portlaş Salt Lake Haina Chemical Company kimyo zavodining çangni töplaş qurilmasida yuz bergan.












