KNDS Ammo Italy (ilgari Simmel Difesa kompaniyasiga tegişli bölgan) guruhi zavodida yonğin röy bergan. Corriere della Sera naşri yozişiça, sexlardan birida kompaktor yonib ketgan – bu poroxni presslaydigan maşina. Repubblica naşri qayd etişiça, holat mahalliy vaqt bilan soat 14:45 da röy bergan.
Şundan keyin olov zavod böylab tarqalgan va yakunda portlaşga olib kelgan, uning ovozi qöşni qişloqlarda ham eşitilgan.
Öt öçiruvçilar va politsiyaçilar yonğin boşlanişi bilanoq, ya’ni portlaşdan oldin u yerga yetib borişgandi. Şu kuni işga çiqqan 24 nafar xodimning barçasi xavfsizlikda.
Atrofdagi yöllar xavfsizlik nuqtayi nazaridan yopilgan.
«Vaziyat nazorat ostida, heç kim halok bölmagani va jabrlanmagani tasdiqlanişini kutyapmiz», – degan Kolleferro şahri meri Julio Kalamita. Uning sözlariga köra, portlaş tölqini zavod yaqinidagi bir neçta uylarning derazalarini sindirib yuborgan.
«Xayriyatki, portlaş işlanmaydigan vaqtda röy berdi, aks holda fojia bölişi mumkin edi», – deya qöşimça qildi u. Italiyada köplab kompaniyalar avgust oyida ta’tilga çiqadi.
KNDS zavodi örta va yirik kalibrli öq-dorilar hamda aerokosmik sanoat uçun qattiq yoqilği işlab çiqaradi.
2007-yilda Kolleferrodagi zavodda (öşa paytda u hali Simmel Difesa kompaniyasiga tegişli edi) portlaş natijasida bir işçi halok bölib, yana 13 kişi jarohat olgandi.












