Samsung kompaniyasining ta'kidlaşiça, turli davlatlardagi iste'molçilarning Galaxy Note 7 smartfonlari yonğin keltirib çiqargani yoki portlagani haqidagi 26 ta xabari şubhali bölib çiqdi. 

12 ta holatda kompaniya aynan smartfon noxuşlikka sabab bölganining isbotini topa olmagan, 7 ta holatda esa şikoyat qilgan xaridorlar bilan na telefon, na elektron poçta orqali boğlanib bölmagan. Yana 7 nafar xaridor aytgan sözlaridan qaytganlar yoki yaroqsiz telefonni taşlab yuborganlarini aytganlar.

Smartfon tufayli AQŞning Sent-Pitersberg şahrida Jeep Grand Cherokee jipining yonişi eng katta şov-şuvni keltirib çiqargan. Bu haqda 7 sentabrda FOX 13 News telekanali ma'lum qilgan. Jip egasi yonğinga u maşinada qoldirib ketgan smartfon sabab bölganiga işonçi komilligini aytgan. Biroq şahar öt öçiriş jamoasi bu haqiqatda şunday bölganini aniqlay olmagan.  

Foydalanuvçilarning şikoyatlariga qaramasdan, hozirça kompaniya ustidan sudga faqatgina 28 yoşli floridalik Jonatan Strobel şikoyat qilgan. U Samsung Galaxy Note 7 uning şimining oldi çöntagida portlab ketganidan 2-darajadagi kuyiş jarohati olgan.

2 sentabrda bir neça noxuş holatlardan keyin kompaniya smartfonni xavfli deb tan olgan. Kompaniya smartfonni sotişni töxtatgan va sotilgan barça smartfonlar almaştirib berilişini e'lon qilgan.