5 yoşli qirğizistonlik bola öz ortidan 3 tonnalik jipni torta oldi. Bu antiqa tadbir Bişkek markazida ötgan.

“Bu tadbirdan maqsad xalqimizni birdamlikni saqlaşga çaqirişdan iborat. Biz bölinmasligimiz lozim. Şu sababli bolaga Nur-Qirğiz taxallusini berdik. Uning haqiqiy nomi esa sir. U mening eng yoş şogirdim. U talaslik bölib, bor-yöği 21 kg keladi. U bilan 6 oydan beri birga şuğullanamiz. Bunday nomerni faqat bir marta bajarib körganmiz”, deb aytgan yoş bahodirning ustozi Nurlan Alişerov.

Ta'kidlanişiça, bolada yaxşi istiqbol mavjud. “Amerikalik döstim uning çiqişlari bilan qiziqib qoldi. Uning aytişiça, bu çiqişlar AQŞning barça 50 ştatida muvaffaqiyat qozonadi”, deb qöşimça qilgan Alişerov.

Bolakayning kimligi sir bölib qolgan, çunki u odamlar oldiga niqobda çiqqan. Katta jipga arqon mahkamlab, u bolaning yelkasiga taşlangan. Maşinani tortişda eng qiyini uni joyidan qözğatib oliş bölgan. Keyin esa bolakay öz ortidan maşinani tortib, şahdam oldinga borgan. Natijada u 50 metrga yaqin masofani bosib ötgan.

Ta'kidlanişiça, köproq “Toşçaynar” laqabi bilan ma'lum bölgan, bolaning ustozi Nurlan Alişerov öz vaqtida ekstremal çiqişlari bilan nom çiqargan. Misol uçun, u 2012 yilda boşi bilan mix qoqqan, 2014 yilda esa tişlari bilan Too-Aşuu dovonida 3 tonnalik avtobusni torta olgan.