Sarsweek.ru portali mutaxassislari 5 ta eng “erkaklarbop” avtomobil röyxatini tuzişdi. Ulardan har biri e'tiborga loyiqdir.
Röyxatni Toyota Land Cruiser yöltanlamasi oçib bermoqda. Yaponlar uşbu maşinaning turli modifikatsiyalari va qöşimça opsiyalarini yaratişgan, uning işonçliligi esa eng muhim jihatlaridan sanaladi.

Röyxatning keyingi iştirokçisini eslaganda, köz oldinga darhol toşlar, yölsizlik va şahar halovatsizligidan qoçişni keltirasan. Jeep Wrangler yil sayin texnologikroq bölib bormoqda, biroq unda haqiqiy yöltanlamas ruhi hamon saqlanib qolgan.

Yana bir “amerikalik” – Cadillac Escalade’ni köproq osmonöpar binolar orasida yurganini, orqa örindiğida esa qimmatbaho kostyumdagi odam ötirganini tasavvur qiliş mumkin. Maşinaning katta ölçamlari va qimmatbaho jihozlanişi – özini mustahkam qörğonda bölgandek his qilişni istovçi smokingdagi erkaklarni jalb qiluvçi jihatlaridir.

“Jip” deganda Hummer’ni köz oldimizga keltirmaslikning iloji yöq. Maşinaning H2 klassik modeli AQŞ maşinasozligining bu “ijod mahsulini” körgan har qanday öğil bolaning orzusi bölgan va bölib qoladi. Maşinaning kuçli motori va “keskin” dizayni sizni şubhasiz befarq qoldirmaydi.

Mercedes-AMG G-Class yoki xalq orasida “gelik” deb ataluvçi yöltanlamasni jiddiylik ramzi deb ataş mumkin. U taşqi tomondan ham, içki tomondan ham avtomobilni nafaqat harakatlaniş vositasi deb hisoblaydigan har qanday odamni öziga qaratadi. Kimgadir u juda “qadimiy” bölib körinişi mumkin, biroq u aynan şu jihati bilan xaridorni jalb qiladi.














