Joriy yilning yanvar oyidan Özbekistonning barça hududlarida tuman tadbirkorlik sub'yektlarini röyxatga oliş inspeksiyalari bazasida 194 ta «Yagona darça» markazi faoliyatini boşlagan edi. Bugungi kunda markazlar röyxatga oliş va qayta röyxatdan ötkazişni hisobga olmaganda, kiçik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'yektlariga 16 turdagi xizmatlarni körsatib kelmoqda.

Vazirlar Mahkamasi va BMTTDning hamkorlikdagi «Mahalliy boşqaruv tizimini qöllab-quvvatlaş/2-bosqiç» loyihasi doirasida Jizzax viloyatinining yetti tumanidagi «Yagona darça» markazlari tadbirkorlarga uzluksiz xizmat körsatişni ta'minlaş uçun benzinli generatorlar bilan ta'minlandi.

«Ba'zi holatlarda qöşimça avtonom energiya manbasiga muhtojlik seziladi. Misol uçun, noqulay ob-havo va elektr tarmoğida ta'mirlaş işlari olib borilayotgan damlarda avariya quvvat manbasiga ega böliş juda muhimdir. Markazimizga örnatilgan benzinda işlaydigan elektrgenerator esa iş xonasida yoruğlik bölişi, 5ta kompyuter, printer va skaner uskunalarining mutassil işlaşini ta'minlaydi. Bu esa bizga vaqtinça elektr quvvati öçgan holatda ham öz xizmatlarimizni uzluksiz amalga oşiriş va hujjatlarni rasmiylaştirişda juda katta qulaylik yaratadi», deya qayd etgan Mirzaçöl tuman „Yagona darça“ markazi rahbari Abdusattor Şabbazov.

Xabar qilinişiça, Mirzaçöl, Arnasoy, Zafarobod, Foriş, Ğallaorol, Baxmal va Zomin tumanlaridagi «Yagona darça» markazlari şunday generatorlar bilan ta'minlangan. Markazlarga energiyani tejaş uçun yoruğlik diodli lampalar ham örnatiladi.