Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tadbirkorlarga 1000 dan ortiq xizmat “yagona darcha” asosida ko‘rsatiladi
Prezident qaroriga ko‘ra, tadbirkorlik sub’yektlariga davlat va ayrim xususiy xizmatlarni kompleks ko‘rsatish tizimi yo‘lga qo‘yiladi. Hujjatda 1000 dan ortiq xizmatni “yagona darcha” tamoyili asosida taqdim etish orqali tadbirkorlar faoliyatiga to‘laqonli hamrohlik qilish maqsadi belgilangan.
“Tadbirkorlik sub’yektlariga davlat, professional, konsalting, moliyaviy, injiniring, marketing, media, IT va operatsion xizmatlarni kompleks ko‘rsatish tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarori (PQ–375-son) 2025 yil 13 dekabr kuni qabul qilindi.
Qarorda quyidagilar asosiy maqsadlar sifatida ko‘rsatilgan:
- 1000 dan ortiq davlat va xususiy xizmatlarni “yagona darcha” tamoyili asosida ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yish orqali tadbirkorlar faoliyatiga to‘laqonli hamrohlik qilish tizimini joriy etish;
- tadbirkorlar masalalari va muammolarini eshitish, muhokama qilish va joyida hal qilishga qaratilgan sifat jihatdan yangi maydoncha yaratish.
Hujjatga muvofiq, 2026 yil 1 martdan tadbirkorlik faoliyatiga oid davlat xizmatlari va ayrim xususiy xizmatlarni tadbirkorlarga “yagona darcha” tamoyili asosida ko‘rsatish bo‘yicha “Biznes hamroh” loyihasi amalga oshiriladi.
Loyiha doirasida Savdo-sanoat palatasi huzurida tashkil etiladigan mas’uliyati cheklangan jamiyat tomonidan boshqariladigan “Biznes hamroh” markazlari faoliyati yo‘lga qo‘yilishi belgilangan. Dastlabki bosqichda ushbu markazlar Toshkent va Nukus shaharlarida, shuningdek viloyatlar markazlarida 1 tadan tashkil etiladi.
Qayd etilishicha, mazkur mexanizm tadbirkorlar uchun xizmatlardan foydalanishni soddalashtirish, murojaatlarni tezkor ko‘rib chiqish va biznes yuritish jarayonlarini qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi.
Mavzuga oid
11:56 / 06.06.2026
Qurilishga ruxsat olishda bir nechta davlat xizmatlari birlashtiriladi
15:51 / 12.05.2026
800 ga yaqin davlat xizmatida byurokratiya nolga tushirilishi aytildi
21:11 / 04.05.2026
O‘zbekistonda 086-shakldagi tibbiy ma’lumotnomani onlayn yuklab olish imkoniyati paydo bo‘ldi
14:43 / 11.04.2026