“Xalq sözi” gazetasining 24 sentabr sonida e'lon qilingan “Özbekiston Respublikasi ayrim qonun hujjatlariga özgartiş va qöşimçalar kiritiş töğrisida”gi qonuni 17 moddasiga muvofiq, «Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunçilik palatasi reglamenti töğrisida»gi qonunga özgartişlar kiritildi. 

Unga köra, Davlat byudjyeti loyihasi Qonunçilik palatasi spikeri tomonidan nafaqat byudjyet va iqtisodiy islohotlar qömitasi va fraksiyalarga, balki Qonunçilik palatasining boşqa qömitalariga ham muhokama etiş va takliflar işlab çiqiş uçun yuboradi. 

Davlat byudjyeti loyihasini dastlabki tarzda muhokama qiliş çoğida fraksiyalar va Qonunçilik palatasi qömitalari Davlat byudjyeti loyihasi parametrlari bilan boğliq qöşimça axborotni tegişli organlardan talab qilib olişi mumkin. 

Şu bilan birga, endilikda, Qonunçilik palatasi Davlat byudjyeti loyihasini uç öyişda körib çiqilişi qonun bilan mustahkamlangan. 

Bundan taşqari, fraksiyalar va Qonunçilik palatasi qömitalari Davlat byudjyeti ijrosining borişi töğrisidagi masalani dastlabki tarzda muhokama qiliş davomida tegişli organlardan Davlat byudjyetining daromad qismi ijrosi xususida, ajratilgan mablağlarning özlaştirilişi holati töğrisida qöşimça axborotni, şuningdek, ularning maqsadli sarflanişi va ulardan samarali foydalanilişi haqidagi ma'lumotlarni talab qilib olişi mumkin. 

Bunda, fraksiyalar joylarda byudjyet mablağlarining maqsadli sarflanişi va ulardan samarali foydalanilişi masalalarini Qonunçilik palatasining tegişli qömitalari tomonidan örganiş taşabbusi bilan çiqişi mumkin.