Aynan şu bois, Oliy Majlis Qonunçilik palatasining Byudjet va iqtisodiy masalalar qömitasi tomonidan “Kapital bozori töğrisida”gi qonun loyihasini ikkinçi öqişga tayyorlaş jarayoni nihoyasiga yetkazilmoqda.
Uşbu qonun loyihasi milliy kapital bozorini rivojlantirişning huquqiy poydevorini tubdan yangilaşga qaratilgan. Unda kapital bozorida moliyaviy instrumentlar turini sezilarli darajada kengaytiriş, investitsiyaviy faollikni rağbatlantiriş hamda bozor iştirokçilari uçun yanada qulay va jozibador şaroitlar yaratiş közda tutilgan.
Xususan, zamonaviy moliyaviy instrumentlarni amaliyotga joriy etiş, investorlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qiliş mexanizmlarini kuçaytiriş, kapital bozori infratuzilmasini takomillaştiriş hamda professional iştirokçilar faoliyatini tartibga soliş böyiça aniq va mustahkam huquqiy normalar belgilanmoqda.
Şu bilan birga, milliy kapital bozorini xalqaro amaliyot va ilğor standartlarga uyğunlaştiriş, uning şaffofligi va faoliyat samaradorligini oşiriş masalalariga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Qonun loyihasi tartibga soliş doirasi jihatidan ham juda keng qamrovli hisoblanadi. Loyiha kapital bozoridagi munosabatlarni zamonaviy talablar asosida tartibga soliş, investorlar huquqlarini işonçli himoya qiliş va bozor infratuzilmasini rivojlantirişga qaratilgan normalarni qamrab olgan bölib, amaldagi qonunçilikka mosligini taʼminlaş va mavjud qonunçilik baʼzi normalarini takomillaştirişni talab etadi.
Jasurbek ŞODIEV, Oliy Majlis Qonunçilik palatasining Byudjet va iqtisodiy masalalar qömitasi aʼzosi:
- Qonun loyihasi muhokamalarida deputatlar, mutasaddi idoralar vazirlik va idoralari, mutaxassis-ekspertlar, tadbirkorlar va bevosita kapital bozori iştirokçilarining takliflari asosida uning normalari yanada takomillaştirilmoqda. Şuningdek, ularni amaliyotda qöllaş bilan boğliq iqtisodiy va huquqiy oqibatlar atrofliça tahlil qilinmoqda.
Şu sababli loyihadagi har bir normaning mazmun-mohiyati, huquqiy ahamiyati va amaldagi qonunçilik bilan hamohanglik darajasi birma-bir körib çiqilmoqda. Xususan, yangi moliyaviy instrumentlarning huquqiy atamalaridan tortib, kapital bozori iştirokçilarining vakolat va majburiyatlari, mahalliy va çet ellik investorlar huquq va qonuniy manfaatlarini işonçli himoya qiliş böyiça rivojlangan mamlakatlarning boy tajribasi atrofliça örganilmoqda.












