Birlaşgan Arab Amirliklarining Etihad Airways milliy aviakompaniyasining bortida 329 nafar yölovçi bölgan samolyoti mamlakat poytaxti Abu-Dabi şahri aeroportiga favqulodda qönişni amalga oşirdi, deya xabar qilmoqda Associated Press agentligi.
Ma'lumotlarga köra, hodisa 27 sentabrda yuz bergan. Öşanda, Abu-Dabi-Sidney yönalişi böyiça EY450 reysini amalga oşirayotgan Boeing-777 havo kemasi Abu-Dabidan havoga kötarilgaç, köp ötmay BAA poytaxtiga qaytgan. Bunga dvigatelning işdan çiqqani sabab bölgan.
Biroq, hozirça, dvigatel nima sababdan işlamay qolganiga oydinlik kiritilmagan.












