Ukraina, AQŞ va Rossiya örtasida 10–11-noyabr kunlari Abu-Dabida ötkazilgan muzokaralar yakunlandi. Rossiya delegatsiyasi rahbari Vladimir Medinskiy Rossiya va Ukraina asirlar almaşinuvi borasida kelişib olganini, uçraşuvdagi markaziy mavzu esa Yevropa xavfsizlik tizimi bölgani, bu masalada «ayrim nuqtalarda özaro til topişa olişgani, baʼzi nuqtalarda esa bunday bölmagani»ni aytgan. Qolgan mavzularda esa kutilgan yutuqlarga erişilmagan. Hududiy masala asosiy tösiq bölib qolmoqda, amerikalik muzokaraçilar fikriça, hamon tomonlar örtasida özaro işonç yöq. Şu bilan birga, Ukrainadagilar Rossiya bilan «yangi yilga qadar» kelişib oliş mumkinligini istisno qilişmayapti.

Hududiy masala

Hududlar masalasi muzokaralarning ikkinçi kunidagi asosiy mavzu bölişi kerak edi, ammo u hamon «asosiy tösiq» bölib qolmoqda, dedi Amerika tomoni vakili Jared Kuşner. Medinskiy esa «Rossiya har qariç yerini qaytarib olişi»ni taʼkidladi.

Ukraina va Rossiya xavfsizligi kafolatlari

Kuşnerning sözlariga köra, Ukraina uçun xavfsizlik kafolatlari masalasida «sezilarli ösiş bor». Ukraina delegatsiyasi rahbari Rustem Umerov ham xavfsizlik masalasi böyiça «ulkan progress» haqida gapirgan, ammo tafsilotlarni keltirmagan. Ukrainadagi manbalarga köra, muzokaralarning birinçi kuniyoq Rossiyaning xavfsizlik kafolatlari böyiça talablari alohida muhokama qilingan, ammo tomonlar qanday kelişuvga erişgani – nomaʼlum.

Yevropa xavfsizlik tizimi

Medinskiyning sözlariga köra, muzokaralarda Yevropa xavfsizlik tizimi mavzusi markaziy örinni egallagan va baʼzi masalalar böyiça «özaro til topişişgan». Ammo, Medinskiyning fikriça, «mohiyatan butun organizm kasallangan», Ukrainada esa «şunçaki yiringlab ketgan», va «bu yerda plastir qöyiş bilan iş bitmaydi». Şu bilan birga, Rossiya delegatsiyasi Abu-Dabida yevropaliklar bilan muloqot qilmagan va Rossiya ular bu yerda qanday maqomda ekanini tuşunmagan.

Asirlar almaşinuvi

Medinskiyning sözlariga köra, Rossiya va Ukraina «yangi keng kölamli asirlar almaşinuvi böyiça prinsipial kelişuvga erişdi». Almaşuvning aniq parametrlari «yaqin vaqtlar içida» eʼlon qilinadi. Ukraina delegatsiyasi aʼzosi David Araxamiyaning aytişiça, bu safargi almaşuv «eng yirik almaşuv bölişi mumkin».