Nissan kompaniyasi navbatda turiş qulay bölişi uçun avtonom kursi namoyiş qildi. Bu haqda Tech Crunch ma'lum qildi.

Örindiqlar bir-birining orasida fiksirlangan masofani uşlab turadi va öz yölovçisi tomonidan navbatning surilişini kuzatadi.  

Kursi asosiga Nissan haydovçisiz avtomobillari uçun yaratilayotgan ProPilot avtonom boşqaruv tizimi yotdi. Kursi tasvirlangan rolikda odamlar kursilarda osoyişta ötirişganlarini, kursilar esa böşagan örinni egallab navbatda özi surilayotganini köriş mumkin. Kursi navbat boşiga yetib kelgaç, yana ortiga qaytadi.

"Kursi kutiş jarayoniga xos bölgan stress va jismoniy zöriqişdan xalos etadi", deb aytdilar kompaniya vakillari.

Hozirda kompaniya uşbu ixtirosini Yaponiyadagi kafelar, savdo markazlari va şifoxonalarda tatbiq qilişga buyurtmalar qabul qilmoqda. Hozirça kursini kompaniyaning Yokogamadagi boş qarorgohida 29 sentabrdan 2 oktabrgaça sinab köriş imkoniyati mavjud. Kursilar 2017 yilda sotuvga çiqariladi.

Nissan fevralda özi harakatlanuvçi idora kursilarini yaratiş uçun avtomatik parkovkalaş texnologiyasidan foydalangandi.