Yaponiyaning Nissan kompaniyasi Xitoy va AQŞda savdolar tuşib ketgani bois minglab xodimlarini işdan böşatişini ma’lum qildi, deb xabar beradi BBC.
Avtomobil işlab çiqaruvçisi mablağ tejaş maqsadida dunyo böylab 9 mingta iş örnini qisqartirişni rejalaştirmoqda — bu işlab çiqariş hajmi ham 20 foizga qisqarişini bildiradi.
Kompaniya, şuningdek, 2024 yilgi operatsion daromad prognozlarini 70 foizga tuşirdi. Nissan joriy yilning özida ikkinçi marta prognozlarini özgartirişga majbur bölmoqda. «Qayta tiklaniş yölidagi mazkur çora-tadbirlar kompaniya qisqarib ketişini anglatmaydi. Kompaniya yanada tejamkor va barqaror böliş uçun öz biznesini qayta taşkil etadi», — deydi Nissan boş direktori Makoto Uçida.
Kompaniyaning ma’lum qilişiça, Uçidaning oylik maoşi ikki barobarga qisqaradi, şuningdek, yuqori lavozimdagi boşqa rahbarlarning ham kamroq maoş olişni boşlaydi.
8 noyabr kuni Tokioda Nissan aksiyalari 6 foizdan ortiqqa tuşib ketdi. Xitoydagi işlab çiqarişning ortişi narxlar qulaşiga sabab bölmoqda, natijada köplab çet el avtomobilsozlik kompaniyalari mahalliy firmalar bilan raqobatga kirişa olmayapti. Bundan taşqari, kompaniya inflatsiya va yuqori foiz stavkalari yangi avtomobillar savdosiga putur yetkazayotgan AQŞda ham qiyinçiliklarga duç kelyapti.
Avvalroq Volkswagen kompaniyasi Germaniya hududida kamida uçta zavodini yopişi va ön minglab iş örinlarini qisqartirişi töğrisida xabar berilgandi. Şuningdek, konsernda işlaşni davom etadigan xodimlar iş haqi 10 foizga qisqarişi va kelgusi ikki yilda oşirilmasligiga tayyor turişi kerak.

















