Özbekiston Prezidenti vazifasini bajaruvçi Şavkat Mirziyoyev Isroilning sobiq prezidenti Şimon Peresning vafoti munosabati bilan uşbu mamlakat rahbariyatiga hamdardlik bildirdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar berdi.

«Özbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvçi Şavkat Mirziyoyev atoqli Isroil davlat va jamoat arbobi, sobiq Prezidenti Şimon Peresning vafot etganligi munosabati bilan Isroil Davlati rahbarlari — Prezident Reuven Rivlin va Boş vazir Benyamin Netanyaxuga samimiy ta'ziya izhor etilgan maktublar yölladi va marhumning oila a'zolari va yaqinlariga hamdardlik va dalda sözlarini bildirdi», — deyiladi xabarda.

Miyasiga qon quyilişi tufayli şifoxonaga yotqizilgan Isroilning sobiq prezidenti Şimon Peres 28 sentabr kuni 93 yoşida vafot etdi.