25-28 oktabr kunlari Toşkentda "Rossiya va Özbekiston – strategik hamkorlar" forumi bölib ötadi, deb xabar bermoqda Janubi-Ural savdo-sanoat palatasi.

Forum doirasida Özbekiston va Rossiya vakillari amaliy uçraşuvlar va muloqotlar ötkazişadi. Şuningdek, "Rossiya-Özbekiston hamkorligining dolzarb masalalari" mavzusida davra suhbati ötkaziş rejalaştirilgan.   

Rossiya delegatsiyasi Özbekiston bozori holati, mamlakatda birgalikda biznes yuritiş şartlari, soliq soliş va bojxona rasmiylaştiruvi haqida batafsil ma'lumot oladi. 

Rossiya  delegatsiyasi, şuningdek, Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsion birjada iştirok etadi. Bu tadbirda rossiyalik tadbirkorlar Özbekiston kompaniyalari bilan hamkorlik aloqalarini örnatişlari, buyurtmalarni joylaştirişlari, sanoat kooperatsiyasi variantlarini körib çiqişlari, investitsion hamkorlik yönalişlarini aniqlaştirib olişlari mumkin böladi.