"Kanonirlar" barça muxlislarga klub kimning evaziga öz tarixidagi eng ahamiyatli yutuqlarga erişganini eslatib qöyişga qaror qildi.
Bu inson – klub murabbiyi Arsen Vengerdir.
Venger "Arsenal"ga 1996 yildan murabbiylik qila boşlagan va klubda ötkazilgan yillar böyiça rekordçi böldi hamda kanonirlar tarixida eng muvaffaqiyatli boş murabbiyga aylandi.
Fransiyalik mutaxassis klubni uç marotaba Angliya Premer-ligasida çempionlikka olib kelgan, 6 marta Angliya kubogi va yana şunça marta Angliya superkubogini yutgan.

Bundan taşqari, Venger jahon futboliga Terri Anri boşçiligidagi köplab yulduzlarni tuhfa qilgan.
20 yillik bunday muvaffaqiyatli faoliyatdan keyin "Arsenal" özining boş murabbiyiga hurmat bajo keltirişni va muxlislar klubning bunday yutuqlari uçun kimga minnatdor bölişlari kerakligini eslatib qöyişga qaror qildi.
"Arsenal" vakillari Venger haqida ajoyib videorolik işlab, uni YouTube’da kanonirlar kanalida joylaştirişdi.
Videoda klubning oxirgi 20 yil içida eng esda qoluvçi voqealari va yorqin ğalabalari, jumladan klub birorta ham mağlubiyatga uçramagan holda APLda çempion bölgan 2003-2004 yillardagi mavsumdan olingan lavhalar keltirilgan.
Bu natija hali ham noyob natija hisoblanadi, çunki kanonirlardan boşqa heç qaysi klub bunday natijaga erişa olmagan.
Venger Angliya futbolida çin ma'noda inqilob qila oldi. Uning jamoasi öyin uslubi uzoq yillardan beri heç kimni befarq qoldirmay kelmoqda, fransuzning maşğulotlar va futbolçilarni tayyorlaşga yondaşuvi esa deyarli murabbiylik işidagi etalon hisoblanadi.
manba:tribuna.uz












