Şanba kuni APLda 8-tur uçraşuvlari davom ettirildi.

«Aston Villa» – «Mançester Siti» 2:1
Gollar: Jekson, 6 (1:0). Holand, 52 (1:1). Jekson, 60 (2:1)
«Aston Villa»: Sudzuki, Lindelyof, Pau Torres, Matsen, Keş, Kamara, Gomes (Goretska, 82), Makginn (Barkli, 66), Manzambi (Buendiya, 66), Alisson (Mbay, 59), Jekson (Madjo, 82)
«Mançester Siti»: Donnarumma, Ruben Diaş, Geyi (Lyuis, 46), Gvardiol, Husanov, Anderson, Fernandes, Şerki (Foden, 46), Doku, Ndiay (Makaydu, 69), Holand
Ogohlantirişlar: Manzambi, 54. Keş, 55. Madjo, 83. Buendiya, 90+5, 90 – Geyi, 32. Şerki, 38. Anderson, 74. Makaydu, 76

Unai Emeri jamoasi ötgan yili moliyaviy qiyinçiliklar tufayli yozda transferlar qila olmagan va mavsumni juda yomon boşlagandi. Ammo yakunda Yevropa Ligasida ğolib çiqdi va YeÇLga yöllanma qölga kiritildi. Bu yozda tarkibni Uotkins, Rodjers, Tilemans, Martines, Konsa kabi yetakçi futbolçilar tark etişdi va birminghemliklarda yana yomon start qayd etildi – dastlabki tört öyinda atigi bitta durang. Ammo tarkibni yangilagan «Aston Villa» asta-sekinlik bilan öziga keldi, jamoa öyinida yengillik paydo böldi, keyingi tört öyinda uç ğalaba va bir durangga erişildi.

Emeri qöl ostida superhujumçiga aylangan Nikolas Jekson şanba oqşomidagi öyinning asosiy qahramoniga aylandi. Avvaliga öyin startida Geyi öz jamoasi jarima maydoni yaqinida töpni oldirdi va Makginndan pas qabul qilib olgan hujumçi jarima maydoni içida Andersonni bir fint bilan doğda qoldirib, tösin ostiga qaytarib bölmas zarba yölladi.

Lekin tezkor gol «Mançester Siti»ga qarşi öyinda heç narsani kafolatlay olmasdi. Birinçi bölim davomida Ndiaye mezbonlar mudofaasiga dahşat solib turdi, hatto şu kuni boşlanğiç tarkibga qaytgan Abduqodir Husanov muntazam ravişda oldinga çiqib, hujumlarda faol iştirok etdi, ammo Sudzuki va darvoza ustuni hisobdagi minimal ustunlikni saqlab qoldi.

Ikkinçi bölim boşida esa aynan Iliman qanotdan oşirgan töpni jarima maydoni markazida hammadan baland sakragan Holand darvoza töriga joylab, hisobni tenglaştirdi. Mehmonlar keyingi hujumda hisobda oldinga çiqib olişi mumkin edi, ammo Sudzuki Gvardiolga yaqin masofadan gol urişga imkon bermadi. Biroz ötib Doku ham öz imkoniyatidan foydalana olmadi va şundan keyin taşabbus yana «Villa»ga qaytdi. 60-daqiqada Jekson töpni öng qanotda oldinga yugurgan Mbayega yetkazdi va jarima maydoniga kirib borib, öziga qaytgan töpni darvoza töriga yölladi. Donnarumma özi turgan joyga kelgan töpni ötkazib yubordi.