AQŞning Respublikaçilar partiyasidan sobiq prezidenti kiçik Jorj Buş va Laura Buşning qizi Barbara 1 oktabr kuni Hillari Klintonning Parijda bölib ötgan saylovoldi mablağ jamğariş anjumaniga taşrif buyurgan. Bu haqda, SNN telekanali voqeadan xabardor manbaning sözlariga tayangan holda xabar qilmoqda.
Barbara Buş Klinton yordamçisi Huma Abedin hamda Vogue jurnali boş muharriri Anna Vintor bilan mazkur jamğarmani oşiriş yiğilişida tuşgan suratini ijtimoiy tarmoqqa joylaştirgan.
Uşbu surat keyinçalik Klinton jamğarmasiga hissa qöşişda iştirok etganlar tomonidan ham tarmoqqa qöyilgan. Xususan, Moda Operandi onlayn moda sayti asosçisi Lauren Santo Domingo Barbara Buşning birgalikda tuşgan suratini heşteg bilan birga öz sahifasida joylaştirgan.
Biroq, hozirça sobiq prezident matbuot kotibi mazkur suratlarga izoh bermagan. Klinton ştabi vakillari ham fikr bildirişmagan.
Aytiş joizki, Barbara Buş respublikaçilar oilasining demokratlar nomzodi Hillari Klintonni qöllab-quvvatlaşga ahd qilgan sönggi vakilidir.
Ötgan oyda, sobiq respublikaçi prezident Jorj Buş Merilend ştatining sobiq gubernatori Ketlin Kennediga Klinton uçun ovoz berişini bildirgan edi.
Barbaraning onasi Laura Buş xonim ham şu yilning boşlarida partiyadoşi Tramp örniga Klinton xonim uçun ovoz berişini bildirgan edi.












