Turkiya boş vaziri Binali Yildirim muxolif imom Fathulla Gulenning terrorçilik taşkilotini (FETO) Turkiyada ikkinçi davlat töntaruvi sodir etilişi haqidagi gaplarni tarqatişda aybladi. Bu haqda Anadolu axborot agentligi xabar bermoqda.

Yildirimning aytişiça, bu jamiyatda xavotir uyğotuvçi yolğon ma'lumotdir.

Boş vazir hukumat davlat töntaruviga istalgan urinişning oldini oliş uçun barça zaruriy çoralarni körayotganini aytdi. Uning aytişiça, ikkinçi töntaruvni amalga oşirmoqçi bölayotganlar 15 iyuldagi töntaruv taşkilotçilaridan ham kuçliroq javob berişlariga töğri keladi.  

Avvalroq Turkiya adliya vazirligi 15 iyuldagi davlat töntaruviga uriniş işi böyiça 32 ming kişi hibsga olinganini ma'lum qilgandi.