Rossiyaning BMTdagi doimiy vakili Vitaliy Çurkinning bayonot berişiça, Rossiyaning Suriya va Iroqdagi boş maqsadi — terrorçilarni u yerdan «çiqarib yuboriş»dir. TASS agentligining xabariga köra, u bu haqda Rossiyaning Xavfsizlik kengaşiga raislik qilişni boşlaşi munosabati bilan ötkazilgan matbuot anjumanida ma'lum qilgan.
«Terrorçilarni Suriya va Iroqdan quvib yuboriş kerak... Rossiyaning asosiy maqsadi Suriya va Iroqdagi terrorçi gazandalarni dunyoning uşbu mintaqasidan çiqarib yuborişdir. Ular u yerda mavjud bölar ekan, oddiy fuqarolarga tinçlik va xotirjamlik bölmaydi», — deya qayd etgan diplomat, Rossiyaning Suriyada qöllayotgan çoralarisiz, qora bayroqlilar (IŞID bayroği) allaqaçon Damaşqda bölar edi, degan fikrni bildirgan.
Diplomat şuningdek, Rossiya va AQŞ örtasidagi munosabatlarni haddan taşqari börttirib yubormaslikka çaqirgan.
«Işonamanki, yangi sovuq uruşi bölmaydi. Mening fikrimça, sizlar AQŞ bilan global miqyosdagi turli qaraşlarimizni juda börttirib yuborayapsizlar», — deb qayd etgan RFning BMTdagi doimiy vakili. U, Suriya inqiroziga barham beriş böyiça Rossiya-Amerika hamkorligi tiklanişiga umid bildirgan.












