Rossiya taşqi işlar vazirligi rasmiy vakili Mariya Zaxarova Moskva Vaşingtonning Suriyada tinçlikni örnatiş böyiça hamkorlikni töxtatiş qaroridan afsuslaniş bildirişini ma'lum qildi, deb xabar bermoqda TASS axborot agentligi.
"Vaşingtonning Jyenevadagi mutaxassislar guruhi işini töxtatiş, mutaxassislarni ortga çaqirtiriş va ixtiloflarni bartaraf etiş sohasi bilangina çeklanişidan afsuslaniş bildiramiz", deb aytdi Zaxarova.
Zaxarovaning aytişiça, Vaşington Suriya böyiça asosiy kelişuvlarni bajara olmadi va endi javobgarlikni kimningdir zimmasiga yuklamoqçi.
"Vaşingtonning harakatsizligi bu vaqt içida jangarilarning qayta guruhlaşişi, qurol-aslaha olişi, öz zaxiralarini safarbar qilişiga olib keldi", deb ta'kidlab ötdi Zaxarova.
Avvalroq AQŞ Davlat departamenti matbuot xizmati rahbari Jon Kirbi AQŞ Rossiya bilan Suriyada öt oçişni töxtatişni qöllab-quvvatlaş uçun yaratilgan "ikki tomonlama kanallardan" foydalanişni töxtatayotganini ma'lum qilgandi.












