Dastlab uzoqroq tanişining muammosini hal qilib berişni va'da qilgan Sojida uning 200 AQŞ dollarini qölga kiritib, “jiğildon”iga urib yuboradi. Keyingi safar esa singlisining öğlini işga olib kirib qöyaman deb 1500 AQŞ dollarini özlaştiradi. 2011 yilda qop-qop va'da bilan qölga kiritilgan pulni qaytariş u yoqda tursin, işga kiritişni ham turli bahonalar bilan beş yil davomida ortga surib kelaverar edi. Bu haqda “Huquq” naşri yozmoqda.
Uning öğli Şavkat Eşboyev ham onasidan saboq olib, uning hunarini davom ettiradi. Uylaniş taraddudiga tuşgan Şavkatning bir boş qöyni uyga yetaklab kelganini körgan ona uni yana öşa çöponning yoniga jönatadi. Çunki Şavkat Fathulla ismli çöponni özini unga boy körsatib, osongina “töri”ga ilintirgan edi. Niyati nopok onaning harakatlari zoye ketmadi. Şavkat sodda çöponning yana ikki boş qöçqorini uyiga yetaklab kelib, sotib yubordi. 2 million 800 ming sömga baholangan qöylarning puli töy ötganidan keyin qaytarilişi kerak edi. Ammo ular bunday qilişmaydi.
Ona va öğilning qilmişlari yuzasidan jinoiy iş qözğatilib, sudda körib çiqildi va firibgarlarga qonuniy jazo tayinlandi.











