Rossiya BMT Xavfsizlik kengaşiga Fransiya tomonidan Suriya masalasida tayyorlangan hujjatga veto qöydi. Bu haqda RIA Novosti xabar tarqatgan.

Fransiya tomoni Xavfsizlik kengaşiga Halabda harbiy aviatsiya parvozi man etilişini közda tutuvçi, şuningdek, Suriyada öt oçişni töxtatiş tartibiga rioya etişga çaqirilgan rezolyutsiya loyihasini taqdim etgandi.

Hujjatga 11 ovoz berilgan, 2 ovoz qarşi bölgan va kengaşning yana 2 a'zosi betaraf qolgan.

Rossiyaning BMT qoşidagi doimiy vakili Vitaliy Çurkin Suriya böyiça heç qanday loyiha 8 oktabrgaça ma'qullanmasligini ma'lum qilgan.

Öz navbatida rasmiy Moskva BMT Xavfsizlik kengaşiga Fransiya tomonidan tayyorlangan hujjatga muqobil tarzda işlab çiqilgan Suriya böyiça rezolyutsiyasini taqdim etgan. 

Bu loyihada BMT boş kotibining Suriya böyiça maxsus vakili Staffan de Misturaning «Jabhat an-Nusra» jangarilarini Halabning şarqiy qismidan olib çiqiş haqidagi taklifi qöllab-quvvatlangan.