AQŞ prezidentligi uçun Demokratik partiya nomzodi Hillari Klinton Trampning musulmonlar haqida bildirgan fikrlarini "uzoqni köra olmaslik" va "xavfli" deya baholagan hamda u "terrorçilar uçun sovğa" bölişini ta'kidlagan. Klinton Respublikaçilar partiyasi nomzodi Donald Tramp bilan ötkazgan navbatdagi debatida şunday sözlarni aytgan.
Telebahslarda qatnaşgan Klintonning yodga olişiça, AQŞ köplab musulmon mamlakatlar bilan IŞIDga qarşi koalitsiyani taşkil etgan.
"Hozirda uşbu davlatlar Donaldning sözlarini eşitayapti va özlariga savol bermoqda: "Biz nima uçun amerikaliklar bilan hamkorlik qilişimiz kerak?". Bu IŞID va terrorçilarga berilgan sovğadir… Biz Islom bilan uruşmaymiz", — degan Klinton Missuri ştati Sent-Luis şahrida bölib ötgan telebahsda.
Avvalroq, Tramp musulmonlarni AQŞ kirişidan avval "jiddiy tekşiriş" zarurligi, çunki ularning aksariyati terrorçilar bilan aloqador bölişi ehtimoli borligi sabab şunday qiliş kerakligini aytgan edi.












