Turkiya adliya vaziri Bakir Bözdoğ 26-27 oktabr kunlari turk diniy arbobi va muxolifati yetakçisi Fathulloh Gulenni topşirişni talab qilib AQŞga şaxsan boradi. Rasmiy Anqara Gulenni harbiy davlat töntarişiga urinişda gumon qilmoqda. Adliya vazirining sözlariga köra, u Gulenning jinoiy faoliyatini isbotlovçi barça dalillarni Amerika tomoniga taqdim etadi, deb yozmoqda Milliyet naşri. 

Bözdoğning ta'kidlaşiça, u Gulenga nisbatan qaçonlardir tayyorlangan ma'lumotlarning eng töliq töplamini olib boradi. 

"Gulenga nisbatan töplangan hujjatlar töplamidan ortiği va batafsili bölmagan va bölmaydi ham… (Unda) raqamli moslamalarda 500 mingga yaqin hujjat mavjud. Agar Gulenni şu asosda ham topşirişmasa, men yana qanday axborot tayyorlaş mumkinligini bilmayman", - deya vazir sözlarini keltiradi Milliyet gazetasi.