10:45 / 12.10.2016
20772

12 oktabr tongining eng muhim va qiziqarli voqealari

11 oktabr tuni va 12 oktabr tongida sodir bo‘lgan eng muhim va qiziqarli xabarlarning eng saralari Kun.uz dayjestida.

Shavkat Mirziyoyev Surxondaryo viloyatiga tashrifi vaqtida ko‘plab infratuzilma obektlarini ko‘zdan kechirdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi, mamlakatimiz Bosh vaziri Shavkat Mirziyoyev 11 oktabrda Surxondaryo viloyatiga tashrifi vaqtida viloyatdagi ko‘plab infratuzilma obektlarida bo‘ldi.

Batafsil.

Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston prezidentligiga nomzodini tasdiqlash boshqa sanaga ko‘chirildi

O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi siyosiy kengashi ijroiya qo‘mitasi O‘zbekiston prezidenti vazifalarini vaqtinchalik bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev prezidentlik saylovlariga nomzod etib tasdiqlanishi rejalashtirilgan partiya qurultoyini 19 oktabrga ko‘chirishga qaror qildi.

Batafsil.

O‘zbekiston-Qozog‘iston chegarasida savdo hududi paydo bo‘ladi

Janubiy Qozog‘iston viloyati akimi (hokimi) Janseit Tuymebayev Qozog‘istonga tashrif buyurgan O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Ulug‘bek Rozuqulov bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar bermoqda akim matbuot xizmati.

Batafsil.

Kobulda masjid yonida yuz bergan portlash oqibatida 14 kishi halok bo‘ldi

Kobulda shia masjidi yonida yuz bergan portlash oqibatida kamida 14 kishi halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda xorijiy OAV.

Batafsil.

Pekinda mingdan ko‘proq harbiy norozilik namoyishiga chiqdi

Pekinda mingdan ko‘proq harbiy Xitoy mudofaa vazirligi binosi yonida bir necha soat davom etgan norozilik namoyishiga chiqdi.

Batafsil.

Turkiya bosh vaziri Xillari Klintonni keskin tanqid qildi

Turkiya bosh vaziri Binali Yildirim AQSh prezidenti lavozimiga nomzod Xillari Klintonni uning kurd ayirmachilarini qurollantirishga tayyorligi haqidagi so‘zlari uchun keskin tanqid qildi.

Batafsil.

Buyuk Britaniyada pitssani yetkazishning noodatiy usuli yo‘lga qo‘yildi

Buyuk Britaniyaning Meydston shahrida Domino’s Pizza pitssa restoranlari tarmog‘i pitssani kanoeda yetkazish xizmatini yo‘lga qo‘ydi.

Batafsil.

Buyuk Britaniyada homilador ayol masxarabozdan qo‘rqib ketib tug‘ib yubordi

Buyuk Britanining Lesteshir grafligida homilador ayol uni masxaraboz kiyimidagi o‘smir qo‘rqitgandan keyin muddatidan oldin tug‘di.

Batafsil.

Ka'baning mashhur qora yopinchiq dizayni yangilandi (suratlar)

Makkadagi Ka'ba toshining mashhur yopinchig‘i (kisva - كسوة) ziyoratchilar oldida yangi ko‘rinishda namoyon bo‘ldi.

Batafsil.

2017 yildan uchar avtomobil savdosi boshlanadi

Chexiyaning Aktualne nashri ma'lum qilishicha, Aeromobil kompaniyasi uchar avtomobillari seriyali ishlab chiqarilishi va savdosi 2017 yilda boshlanadi.

Batafsil.

Tribuna.uz o‘quvchilari Xitoyga qarshi uchrashuvning eng yaxshi futbolchisini aniqlashdi

Tribuna.uz O‘zbekiston va Xitoy uchrashuvining eng yaxshi futbolchisini aniqlash uchun so‘rovnoma o‘tkazdi.

Batafsil.

Top