Singapur qurolli kuçlari öz harbiy xizmatçilarini Avstraliya hududida tayyorlaydi. 12 oktabr, çorşanba kuni Avstraliya boş vaziri Malkolm Ternbull va Singapur boş vaziri Li Syan Lun örtasidagi muzokaralar yakunida şunga kelişildi. Ternbullning ma'lum qilişiça, bunga doir bitim 13 oktabr, payşanba kuni imzolanadi, çunki ikki mamlakat ekspertlari bir qator texnik detallarni "rasmiylaştirişlari zarur". Bu haqida TASS xabar berdi.
"Mazkur kelişuvga Osiyo-Tinç okeani mintaqasidagi keskin strategik özgarişlar davrida erişildi, - dedi Avtraliya boş vaziri. - Kelişuv ikki mamlakat qurolli kuçlarining özaro işonç va çuqur hurmatidan dalolat beradi".
Avstraliya Mudofaa vazirligi ma'lumotlariga köra, yangi kelişuv doirasida Singapur Taunsvill va Şoluoter-Bey (Kvinslend ştati)dagi mamlakat harbiy bazalari infratuzilmasini kengaytiriş va modernizatsiyalaş dasturini moliyalaştiriş işlarini amalga oşiradi. Taxminlarga köra, Singapur bu dasturga 2,25 milliard dollar ajratadi. Buning evaziga u 25 yil davomida har yili 18 hafta bu bazalarda özining 14 ming harbiy xizmatçisi bilan öquv maşqlarini ötkaziş imkonini qölga kiritadi.
Kanberrdagi muzokaralar yakuniga köra, tomonlar savdo, ta'lim va innovatsiyalar sohasida ham aloqalarini rivojlantirişga doir bitimlarni imzolaşni rejalaştirişmoqda.
Li Syan Lun Singapur tarixidagi Avstraliya federal parlamenti ikki palatasining qöşma majlisida iştirok etgan birinçi boş vazir böldi. U Avstraliya qonunçilariga murojaat qilar ekan, ötgan yili tomonlar imzolagan "Keng qamrovli strategik hamkorlik" töğrisidagi kelişuvning muvaffaqiyatli amalga oşirilayotganini ta'kidladi, şuningdek Singapur va Avstraliyaning siyosat, iqtisodiyot va xavfsizlik sohalaridagi umumiy qaraşlarining mutanosibligini qayd etdi.












