Naked Science naşri ABC xabariga tayanib yozişiça, Spayder laqabli buzoqni körgan veterinar Megan Smit 20 yillik faoliyati davomida bunday holatga duç kelmaganini aytgan.
Mutaxassislarga köra, qöşimça oyoqlar olib taşlanmaganida, buzoq ulğaygan sari turli muammolar paydo bölişi, jumladan, uning muvozanat saqlaşi qiyinlaşişi mumkin edi.
Sidney universiteti Veterinariya fanlari maktabi mutaxassisi Imke Tammen hozirça bu holatning aniq sababini aytiş imkonsizligini bildirgan.
Ehtimoliy izohlardan biri - «parazit egizak» hodisasi. Bunda embrional rivojlanişning dastlabki bosqiçlarida bir homila kamroq rivojlangan egizagini öziga singdiradi. Natijada ikkinçi egizak tanasining ayrim qismlari rivojlanayotgan homilaga birikkan holda qolişi mumkin.
Biroq Tammen boşqa sabablarni ham istisno qilmagan. Uning aytişiça, hayvonning rivojlaniş jarayonidagi ayrim buzilişlar ham qöşimça oyoqlar paydo bölişiga olib kelişi mumkin.
Qoramollarning ayrim turlarida bunday holat irsiy genetik kasalliklar bilan boğliq böladi. Olimlarga qöşimça oyoqlar rivojlanişiga aloqador baʼzi genetik mutatsiyalar maʼlum, ammo bu Spayderdagi holatning sababi ekani tasdiqlanmagan.
Qöşimça oyoqlar bilan tuğiladigan hayvonlar qançalik tez-tez uçraşi böyiça ham aniq maʼlumot yöq.
Spayderning boşidagi ortiqça oyoqlarni olib taşlaş operatsiyasi taxminan bir yarim soat davom etgan. Amaliyotdan keyin buzoqning ahvoli tezda yaxşilangan.












