Britaniyalik öta oğir vazn toifasidagi boksçi Tayson Fyuri WBO va WBA versiyalari böyiça jahon çempioni unvonlaridan öz xohişiga köra voz keçişga qaror qildi. Yaqin orada boksçi öz e'tiborini tiklaniş va davolanişga qaratadi, deb xabar bermoqda xorijiy OAV.

"Hozir men Kliçkoga qarşi jangga öxşaş navbatdagi hayot sinoviga duç kelmoqdaman. Men albatta kuraşaman", deb aytdi Fyuri.

Avvalroq WBO agar boksçi 10 kun içida uni janglar ötkazmayotgani, şartnomani buzgani va taqiqlangan vositalar qabul qilgani uçun nimaga çempionlik kamaridan mahrum qilmaslik borasida javob bermasa, çempionlik unvonini olib qöyişidan ogohlantirgan. Öz navbatida Taysonning murabbiyi Piter Fyuri boksçi agar ringga qaytgaç unvonlar uçun jang qilişga unga yana imkon berilsa, unvonlardan mahrum bölişga tayyorligini ma'lum qilgan. 

Avvalroq Fyuri kokain qabul qilişda uşlangandi. Boksçining özi buni rad etmagan.