Britaniyalik Tayson Fyuri va ukrainalik Oleksandr Usik örtasidagi boks jangi vaqtida tarixda birinçi marta sun’iy intellekt asosida hakam işlaydi. Bu haqda Saudiya Arabistoni Boş köngiloçar boşqarmasi raisi Turkiy Ol Aş-Şayx ma’lum qildi.

Fyuri va Usik örtasidagi revanş jangi 21 dekabr kuni Ar-Riyozda bölib ötadi.

«Birinçi marta jangni sun’iy intellekt böyiça hakam nazorat qiladi, bu tarafkaşlik va inson xatosidan xoli böladi. Rasmiy natijalarga ta’sir qilmaydigan uşbu innovatsion tajriba 21 dekabr kuni bölib ötadigan asrning eng yirik jangi vaqtida debyut qiladi», deb yozdi Ol aş-Şayx.

Fyuri va Usik örtasidagi birinçi jang 19 mayga ötar keçasi bölib ötdi va ukrainalik boksçi hakamlar qarori bilan ğalaba qozonib, oğir vaznda (90,71 kg dan yuqori) mutlaq jahon çempioniga aylandi.

Hozir Usik mutlaq jahon çempioni emas, u Xalqaro boks federatsiyasi (IBF) kamaridan voz keçgan.

37 yoşli Usik professional ringdagi 22 ta jangning barçasida ğalaba qozongan. 36 yoşli Fyuri faoliyatidagi ilk mağlubiyatini Usikdan qabul qilib oldi. Bungaça uning hisobida 35 ta jangda 34 ta ğalaba va 1 durang bor edi.