Britaniyalik boksçi Tayson Fyuri 36 yoşida faoliyatini yakunladi. Bu haqda u ijtimoiy tarmoqda e’lon qildi: «Boksdagi faoliyatimni yakunlaganimni e’lon qilmoqçiman. Bu ajoyib davr edi, men har bir daqiqadan zavqlanardim. Ammo endi buni şu nuqtada tugatmoqçiman».

Tayson Fyuri professional faoliyatini 2008 yil dekabr oyida boşladi. Professional boksda IBF (2015), WBA super (2015-2016), WBO (2015-2016) va WBC (2020-2024) talqini böyiça jahon çempioni böldi. Uning hisobida 34 ğalaba, bitta durang va ikkita mağlubiyat bor.

Fyuri har ikkala mağlubiyatini ukrainalik boksçi Oleksandr Usikdan qabul qilib olgan. 2024 yil may oyida u hakamlar qaroriga köra yutqazdi. Şu yil dekabr oyida revanş jangini ötkazib, unda ham mağlub böldi.

Fyuri 2022 yilda ham faoliyatini yakunlaganini e’lon qilgan, ammo keyinçalik yana boksga qaytgan edi.