Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiya Aralaş janglar san'ati (MMA) ittifoqi prezidenti Fyodor Yemelyanenkoning qiziga hujum qilingani haqida boxabar etildi. Bu haqda Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma'lum qildi.

«Ha, biz prezidentga OAVda tarqalgan bu xabarlarni yetkazdik», — degan Peskov.

Uning sözlariga köra, bolaga hujum qilinişiga yöl qöyib bölmaydi va bu iş jiddiy tekşiriladi.

«Bu hujumni kim sodir etgani böyiça fikr bildirişdan qoçişni tavsiya qilaman», — deya qayd etgan u.

Avvalroq Moskva politsiyasi Yemelyanenkoning voyaga yetmagan qiziga hujum qilinişi yuzasidan jinoyat işi oçgani haqida xabar qilingandi.

Sportçining matbuot xizmati bu hujum haqidagi ma'lumotni tasdiqladi.