Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yemelyanenkoning matbuot kotibi sportchining qiziga hujum bo‘lganini tasdiqladi
Rossiya Aralash janglar san'ati (MMA) ittifoqi prezidenti, sobiq MMA kurashchisi Fyodor Yemelyanenkoning voyaga yetmagan qiziga hujum qilingani haqidagi xabarlar sportchining matbuot kotibi tomonidan tasdiqlandi. Bu haqda TASS xabar berdi.
"Ha, Fedor Yemelyanenkoning qiziga hujum bo‘lgan. Ayni vaqtda qizcha o‘zini yaxshi sezmoqda. U reanimatsiyaga tushmagandi. Bu hodisa bilan huquq-tartibot organlari shug‘ullanishmoqda. Hozirda tegishli tekshiruvlar olib borilmoqda", degan Yuliya Kuklina.
U Yemelyanenkoning oilasi bu hodisa bo‘yicha izoh bermasligini qo‘shimcha qilgan.
O‘tgan haftada Moskvada Yemelyanenkoning 9 yoshli qiziga hujum qilingani va buning oqibatida u shifoxonaga tushib qolgani haqida xabar qilingandi. Ammo keyinchalik Fyodorning 16 yoshli qiziga hujum uyushtirilgani ma'lum bo‘ldi.
Ma'lumot uchun, Fyodor Yemelyanenkoning birinchi turmushidan 1999 yili Mariya ismli qiz tug‘ilgan. Uning ikkinchi turmushidan 2007 yili Vasilisa, 2011 yilda esa Yelizaveta ismli qizlar dunyoga kelgan.
Mavzuga oid
21:45 / 08.04.2023
Habib Nurmagomedov katta sportga qaytadi, ammo oktagonga emas
18:11 / 30.05.2021
To‘ra Bobolov MMA musobaqasida muxlislik qilgani aks etgan video tarqaldi
23:23 / 17.08.2020
Bahodir Qurbonov va Otabek Umarov MMA sportchilari bilan uchrashdi
16:13 / 14.11.2019