Sport | 14:36 / 10.10.2016
13734
2 daqiqa o‘qiladi

Qodirov va Yemelyanenko munozarasiga futbol olami vakillari qo‘shilishdi

«Terek» jamoasida darvozabonlar murabbiyi sifatida faoliyat ko‘rsatuvchi Ramzan Tsutsulayev TsSKA jamoasidagi hamkasbi Sergey Ovchinnikovga murojaat qildi. U sobiq darvozabonning Ramzan Qodirov hamda Fedor Yemelyanenko munozarasiga qo‘shilib, Grozniydagi aralash qoidalar bo‘yicha janglar turnirida bolalarning ishtirok etishini Ivan Krilovning fil va sichqon haqidagi masali bilan tenglashtirganiga munosabatini bildirib o‘tgan.

«Men Ovchinnikov bu bahsga nega qo‘shilganini bilishni istardim. Axir bu mavzu uning kasbiga aloqador emasku, u vaziyatni bilmaydi.

Men undan farqli ravishda shu respublikada yashayman va Chechenistonda sport rivoji uchun qanday ishlar amalga oshirilayotganining jonli guvohi bo‘lib turibman. Shuning uchun, men shubhasiz biznikilar tomonda, jang klubimiz tomonda turaman.

Futbol murabbiyi olovga moy sepmasligi kerak. Agar Ovchinnikovni bu vaziyatda kim filligi, kim sichqonligi qiziqtirayotgan bo‘lsa, men hamkasb sifatida unga yordam beraman va aytamanki, u — it», —deya Tsutsulayevning so‘zlari keltirilgan «Terek» jamoasining Instagramdagi sahifasida.

Eslatib o‘tamiz, Fyodor Yemelyanenko 4 oktabr kuni Grozniy shahrida o‘tkazilgan Grand Prix Akhmat 2016 aralash janglar turnirida yosh bolalar ishtirokini tanqid qilgandi.

Keyinroq «Axmat» klubi prezidenti Abuzayd Vismuradov Rossiya MMA rahbarining ushbu masala yuzasidan tanqid qilishga haqqi yo‘q ekanini aytgandi.

Shuningdek, Checheniston rahbari Ramzan Qodirov Yemelyanenkoning tanqidiga o‘z munosabatini bildirdi.

Mavzuga oid