Turkiyada prezident boşqaruv şaklini qonuniylaştiriş lozim. Turkiya adliya vaziri Bekir Bözdag mamlakat boş vaziri Binali Yildirimning hukmron partiyaning (Adolat va taraqqiyot partiyasi) yaqin vaqt içida yangi konstitutsiya loyihasini parlamentda körib çiqiş töğrisidagi bayonotiga ana şunday izoh berdi. Bu haqida TASS agentligi ma'lum qildi. 

"Uşbu masala parlamentga taqdim etilganidan keyin biz uning natijalariga köra, qaror qabul qiluvçi xalqdan söraymiz, - dedi vazir Anqaradagi xalqaro huquq kongressidagi iştiroki çoğida. - Nahotki bugungi kunda Turkiyada prezidentlik şakli mavjud bölmasa... Haqiqat oydek ravşan, şu bois nima uçun uni qonuniylaştirmas ekanmiz?!", - deya ta'kidladi adliya vaziri. 

U Turkiyaning hozirgi prezidenti 2014 yilda konstitutsiyaga özgarişlar kiritilganidan söng xalq tomonidan saylangani hamda uning keng vakolatlarga ega ekanligini eslatib ötdi.  "Siyosiy partiyalar prezidentning vakolatlari masalasini parlamentga taqdim etişlari mumkin. Unga 330 nafardan ortiq deputat ovoz bersa, biz bu haqida xalqdan söraymiz, - dedi Bözdag referendumni nazarda tutib. - Işonçim komilki, turk xalqi boşqaruv tizimi bilan boğliq masalalarni hal qilişga qodir. 

Turkiyada bugungi kunda 1980 yilgi harbiy töntaruvdan keyin 1982 yilda qabul qilingan konstitutsiyaga amal qilib kelinadi.