Mahalliy davlat hokimiyati organlari rahbarlari Boş vazir Şavkat Mirziyoyevdan ibrat olib, fuqarolarning murojaatlarini şaxsan nazoratlariga olişi va ularni hal etişda samarali tizimni yölga qöyiş vaqti allaqaçon keldi, deb yozmoqda “Özbekiston ovozi” naşri.
“Axir kimdir umid bilan hokimiyat eşigida sarğaysa, şundan söng qöli biror işga boradimi? Bunday vaziyatdan keyin uning qalbida tabiiy niş ura boşlagan jamiyatdan norozilik ertaga gazak otib ketmasligiga kim kafolat beradi?!” – deyiladi Özbekiston Milliy axborot agentligi tarqatgan maqolada.
Masalan, Sirdaryo tumanida yaşovçi Mirsaid Nizomov Özbekiston Boş vazirining virtual qabulxonasiga özi yaşayotgan hududda 5-6 yildan buyon tabiiy gazda muntazam uzilişlari bölayotganini aytib yordam sörab murojaat qilgan. Murojaatdan keyin tabiiy gaz ta'minoti tez muddatda yölga qöyilgan.
“Savol tuğiladi: uşbu tuman mutasaddilari nega mazkur masalani öz vaqtida örganib, tezda çora körmadi? Yoki ular Boş vazirga murojaatdan sönggina bu yerda gaz quvurlari çindan ta'mirtalab ekanini bilib qolişdimi?..” – deya savolga tutiladi mas'ullar.












